Nigeriyada cho‘kib ketgan kater qurbonlari soni 100 ga yaqinlashdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Nigeriyaning Kebbi shtatida Niger daryosi bo‘ylab yo‘lovchilarni olib ketayotgan liq to‘la kater (180 ga yaqin kishi) ag‘darilib ketgani haqida xabar bergandik. Dastlabki ma’lumotlarda 20 nafar yo‘lovchi qutqarilgani, to‘rt kishi halok bo‘lgani, 156 kishi esa topilmagani aytilgandi.  

Niger shtati gubernatori Atiku Baguduning ma’lum qilishicha, cho‘kib ketgan kater qurbonlari soni 98 kishiga yetgan. Hozirgacha 26 kishi qutqarib qolingan va ularni davolash ishlari davom etmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida, Nigeriyada kemalarga haddan tashqari ko‘p odam olinishi, qoniqarsiz texnik xizmat va noqulay ob-havo sharoiti sababli ko‘pincha kichik kemalar cho‘kib ketadi. Kebbi shtatidagi halokat esa so‘nggi yillardagi eng katta voqealardan biriga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Nigeriya

Baholaganlar

14

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing