Nigeriyada harbiy samolyot quladi. Qurbonlar bor

Olam

−

image

Nigeriyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Ondo shtatida harbiy samolyot qulashi oqibatida bortdagi 25 yo‘lovchi va 7 ekipaj a’zosi, jami 32 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nigeriya harbiy-havo kuchlariga tegishli ATR-42 samolyoti kecha, 5 oktyabr kuni Benin-Siti shahridan Lagosga muntazam parvoz qilayotgan bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan 08:13 da dispetcherlar samolyot bilan aloqani yo‘qotgan.

Keyinchalik samolyot qoldiqlari Igbokoda shahri yaqinidan topilgan. Voqea joyiga qidiruv-qutqaruv guruhlari yuborilgan.

Nigeriya Prezidenti Bola Tinubu halokatda hech kim omon qolmaganini tasdiqlab, marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

“Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni menga vaziyat yuzasidan axborot berdi. Men esa halokat sabablarini aniqlash hamda bunday hodisalarning kelgusida takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zudlik bilan batafsil tergov boshlashni topshirdim”, degan u.

Nashrga ko‘ra, mazkur halokat Nigeriyada so‘nggi yillardagi eng ko‘p qurbon berilgan aviahalokatlardan biri bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amur viloyatida Rossiya harbiy samolyoti halokatga uchragandi. Oqibatda olti kishi halok bo‘lgan, bir kishi shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing