Nigerda vaziyat jiddiy. Armiya ham isyonchilar tomoniga o‘tdi

Olam

image

Niger qurolli kuchlari qo‘mondonligi mamlakatda isyon ko‘targan prezident gvardiyasi harbiylari bilan birdamlik e’lon qildi. Afrika davlati armiyasi rahbariyati Nigerning amaldagi Prezidenti Muhammad Bazumning hokimiyatdan chetlatilishiga to‘sqinlik qilmoqchi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda Niger Qurolli kuchlari qo‘mondonligining Twitter'dagi sahifasida bayonot berildi.

“Niger armiyasining harbiy qo‘mondonligi mudofaa va xavfsizlik kuchlarining bayonotiga qo‘shilib, ularning harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi”,  deyiladi mamlakat armiyasi rahbariyatining rasmiy xabarida.

Aytilishicha, isyonchilarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qaror qo‘mondonlik rahbariyatining prezident gvardiyasi vakillari bilan uchrashuvidan so‘ng qabul qilingan. Armiya ularning maqsadi mamlakatdagi har qanday qurolli mojarolarning oldini olish, shuningdek, Nigerning amaldagi prezidenti Muhammad Bazum va uning barcha oila a’zolarining jismoniy daxlsizligini saqlab qolish uchun hamma narsani qilish ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Muhammad Bazum 2021 yilda prezidentlikka saylangan. Joriy yilning 26 iyul kuni prezident qo‘riqchilari uning qarorgohiga kirishni to‘sib qo‘ydi. Bazumdan prezident gvardiyasi qo‘mondoni general Umar Chianini lavozimidan chetlashtirish rejalari munosabati bilan iste’foga chiqish talab qilindi. Dastlab Niger armiyasi harbiy qo‘zg‘olonni qo‘llab-quvvatlamagan edi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 iyulga o‘tar kechasi Niger milliy televideniyesi efirida prezident gvardiyasining bir guruh harbiy xizmatchilari Muhammad Bazum hokimyatdan olib tashlangani, mamlakatda komendantlik soati e’lon qilingani va shtat chegaralari vaqtincha yopilganini rasman e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afrika Niger isyon Muhammad Bazum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made