Nigerda Prezident ag‘darilgani e’lon qilindi (video)

Olam

image

Niger harbiylari mamlakat Prezidenti Muhammad Bazumning lavozimidan chetlatilganini va bugundan boshlab mamlakat chegaralari yopilganini e’lon qildi. Bu haqda harbiylarning milliy televideniye orqali bergan bayonotiga asoslanib, “Reuters” agentligi xabar berdi. 

“Davlat chegaralari yopildi, butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soati e’lon qilinmoqda”, deyiladi isyonchi harbiylar bayonotida.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, Bazum o‘z qarorgohida prezident gvardiyasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Prezident gvardiyasi generali Umar Chiani boshchilik qilmoqda. 

Manbaga ko‘ra, Bazum so‘nggi kunlarda Chianini o‘z lavozimidan chetlatishga uringan. Chiani esa bu lavozimda Nigerning avvalgi prezidenti Maxamadu Issufu davridan beri ishlab kelgan.

O‘z navbatida, Niger armiyasi prezident gvardiyasining harakatlarini qo‘llab-quvvatlamagan va isyonchilarga ultimatum qo‘ydi. Isyonchilar esa prezident qarorgohini to‘sib qo‘ygan va davlat rahbarini qo‘yib yuborishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 iyul kuni Nigerda harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan, mamlakat Prezidenti Muhammad Bazum isyonchilar tomonidan qo‘lga olingani, Mudofaa vaziri esa bedarak yo‘qolgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Niger isyon Muhammad Bazum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made