Netanyaxu “Yil odami” bo‘lishi mumkin
Olam
−
10 dekabr
5094“Time” jurnali 2024 yil uchun “Yil odami” nomiga da’vogarlarni ma’lum qildi. Ular orasida Donald Tramp, Ilon Mask va Binyamin Netanyaxu ham bor.
12 dekabr kuni “Time” jurnali “Yil odami” nomini ma’lum qiladi. Bugun, 10 dekabr nashr ushbu nomga da’vogarlarning qisqa ro‘yxatini taqdim etdi. Ro‘yxat bilan quyida tanishing:
Kamola Harris amerikalik siyosatchi va advokat. U Prezident Jo Bayden davrida 2021 yildan beri Qo‘shma Shtatlarning vitse-prezidenti sifatida ishlab kelmoqda. U 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lib, AQSHning yirik siyosiy partiyasi tomonidan prezidentlikka ko‘rsatilgan ikkinchi ayol bo‘ldi.
Ketrin Elizabet Middlton Britaniya qirollik oilasining a’zosidir. U Britaniya taxtining merosxo‘ri, Uels shahzodasi Uilyamga turmushga chiqqan.
Ilon Mask Tesla kompaniyasi bosh direktori hisoblanadi. U 2022 yilda ilgari Twitter deb nomlanuvchi ijtimoiy media platformasini sotib olib, 2023 yilda uni X deb o‘zgartirdi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Mask 2024 yil dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida qaytadan birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Yuliya Navalnaya rossiyalik jamoat arbobi va siyosatchi Aleksey Navalniyning ayoli. Navalniy hayotligida u bir qator ommaviy axborot vositalarida “Rossiya muxolifatining birinchi xonimi” sifatida tilga olingan.
Binyamin Netanyaxu Isroilning amaldagi Bosh vaziri. Xalqaro jinoiy sud (XJS) Netanyaxuni hibsga olinishi to‘g‘risida order bergan. Qaror 2023 yil 8 oktyabrdan 2024 yil 20 maygacha sodir etilgan "insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari” tufayli qabul qilingan.
Jerom Pauell amerikalik huquqshunos, 2018 yildan beri AQSH Federal rezerv tizimi rahbari bo‘lib, ham Tramp, ham Bayden ma’muriyatida ishlagan. U ikki marta 2019 va 2020 yillarda "TIME100" ro‘yxatida bo‘lgan.
Klaudiya Sheynbaum Meksikaning birinchi ayol Prezidenti sifatida qasamyod qilib tarixga kirdi. U mamlakatning 200 yildan ortiq mustaqillik davridagi birinchi yahudiy yetakchisidir.
Donald Trampning 2024 yildagi g‘alabasi ko‘p jihatdan tarixni yaratmoqda. U AQSH tarixidagi eng keksa prezident hisoblanadi.
Mark Sukerberg amerikalik media magnat, "Meta" kompaniyasi bosh direktori va nazorat qiluvchi aksiyadori hisoblanadi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Sukerberning boyligi 210 milliard dollarga yetgan va u dunyodagi to‘rtinchi eng boy odamga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda “Time” jurnali talqiniga ko‘ra “Yil odami” nomiga da’vogarlar orasida Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud hibsga olish bo‘yicha xalqaro order bergan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham bor edi. Biroq oxir-oqibat amerikalik pop yulduzi Teylor Svift 2023 yilda “Yil odami” deb topildi.
Ma’rufaliyeva Mohimbegim
LiveBarchasi