Nega koronavirus Afrikada avj olmayapti? Sabablar ma’lum qilindi
Salomatlik
−
08 may 2020
25997Koronavirus bilan bog‘liq ko‘plab sirlar mavjud va ulardan biri Afrikada hayratlanarli darajada past o‘lim ko‘rsatkichidir. Bu haqda Daniyaning “Berlingske“ nashri ma’lum qildi.
1,2 milliard aholisi bo‘lgan Afrikada koronavirus tufayli o‘lim holatlari AQSHda bir kunlik o‘lim holatiga qaraganda kamroq qayd etilgan. Aholi jon boshiga hisoblaganda, Afrikada koronavirusdan Daniyaga qaraganda 70 baravar kam odam nobud bo‘lgan.
Muallifining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hodisaga pessimistik va optimistik tushuntirishlar berilishi mumkin. Ehtimol, o‘lganlar shunchaki hisobga olinmaydi. Balki bu iqlim, karantin yoki silga qarshi vaksina sababdir.
Afrikalik dala epidemiologiya tarmog‘ining direktori doktor Simon Antara, Afrikadagi holatga osonlikcha tushishi mumkin bo‘lgan optimistik versiyasiga moyil bo‘lganlardan biridir.
Epidemiologning so‘zlariga ko‘ra, Afrika va Yevropada koronavirusdan vafot etganlar sonini taqqoslashda ahamiyat berish kerak bo‘lgan omillardan biri bu yoshdir. Afrika aholisining atigi 2 foizi 65 yoshdan katta. Italiyada bu ko‘rsatkich 23 foizni tashkil qiladi.
“Biz falokat bo‘lishini istisno qilmasligimiz kera. Ammo hozir men optimistman, ehtiyotkor optimist“, deydi Simon Antara.
Fevral oyida Bill Geys virus qit’aning eng qashshoq va eng zich joylashgan hududlarida tarqalganda, Afrikada millionlab odamlar nobud bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Biroq, Microsoft asoschisining ushbu prognozi hali ham amalga oshmadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 7 may kuni Afrikada koronavirus infeksiyasining aniqlangan holatlari soni 51 239 ni tashkil etgan, 2006 nafar odam vafot etgan.17 mingdan ortiq kishi esa tuzalgan.
Kasallikning eng ko‘p soni Janubiy Afrika (7808), Misr (7588), Marokash (5382), Jazoir (4997) va Nigeriyada (3145) aniqlandi. Eng ko‘p o‘lim holatlari Jazoir (476), Misr (469) va Marokashda (182) qayd etildi.
LiveBarchasi