Afrikaliklarda koronavirusga qarshi immunitet bormi? Uganda bunga aniqlik kiritdi

Olam

image

Uganda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, afrikaliklarning yangi turdagi koronavirus immuniteti to‘g‘risidagi mish-mishlar COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashga xalaqit bermoqda. Vazirlikning ta’kidlashicha, ushbu gap so‘zlar mutlaqo asossiz.

Ta’kidlanishicha, Afrika davlatlarida qit’a aholisida koronavirusga qarshi immunitet borligi haqidagi yolg‘on ma’lumot tarqalgan. Bunga sabab qilib ushbu qit’ada kasallikni sekin tarqalayotgani ko‘rsatilgan. Uganda Sog‘liqni saqlash vazirligining bayonotiga ko‘ra, afrikaliklarning koronavirusga qarshi maxsus immuniteti to‘g‘risidagi mish-mishlarning tarqalishi mamlakat aholisini infeksiyani oldini olish qoidalariga amal qilishini susaytiradi. Bu kasallik tarqalishiga qarshi kurashga xalaqit beradi.

"Biz bunday tasdiqlanmagan nazariyalarga e’tibor qaratmasligimiz kerak. Bu gap mish-mishlarga ishonish infeksiyaning o‘choqlarini yaratish xavfini vujudga keltiradi", deydi vazirlik vakili Diana Atvayn.

Avvalroq, Afrikaning bir mamlakati koronavirus ustidan g‘alaba qozongani haqida xabar berilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ugandada koronavirus bilan bog‘liq 88 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 52 nafari sog‘aygan. Mavjud bemorlar soni 36 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afrika Koronavirus Ugandada

Baholaganlar

163

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing