Nazarboyevning sobiq maslahatchisi “jinoiy” sirni ochdi 

Olam

image

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mamlakat tog‘li hududlarida namoyishchilar o‘rgatilayotgani aytilgan o‘quv lagerlari haqidagi ma’lumotlarni yashirgan. Bu haqda mamlakatning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning sobiq maslahatchisi Yermuxamet Yertisbayev “Xabar-24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Milliy xiyonat va fitna shundan iboratki, o‘quv lagerlari bir necha yillardan beri mavjud. Vaqti-vaqti bilan u yoki bu guruhni zararsizlantirgan Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tog‘larda tashkil etilgan ko‘plab o‘quv lagerlari haqida sukut saqladi”, deb ta’kidlagan Yertisbayev. 

Mamlakat sobiq Prezidentining sobiq maslahatchisi bu “davlatga qarshi dahshatli jinoyat” ekanini aytgan. 

Avvalroq, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev va uning qizlari oilasi bilan Qozog‘istonni tark etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo bu hozircha tasdig‘ini topmadi. 

Nazarboyevning ikki kun avval lavozimidan ozod etilgan jiyani Samat Abish hibsga olingan. U Milliy xavfsizlik qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istondagi vaziyat

Baholaganlar

4047

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing