Nazarboyevning oligarx qudasi muddatidan oldin ozodlikka chiqdi

Olam

image

Sud Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qudasi, tadbirkor Qayrat Boranboyevning jazoni o‘tamagan qismini ozodlikni cheklash bilan almashtirish haqidagi arizasini qanoatlantirdi. Bu haqda Oqmola viloyatining Zerendinskiy tuman sudi ma’lum qildi. 

“Sud jazoni almashtirishda quyidagi holatlarni hisobga oldi: mahkum qonunda belgilangan jazoning 1/3 qismini o‘tagan, davlatga yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan, tergov bilan faol hamkorlik qilgan va qilmishiga pushaymon”, deyiladi sud bayonotida.

Qayd etilganidek, Boranboyev hibsda bo‘lganida ijobiy ta’riflangan. Sudning tushuntirishicha, endilikda u probatsiya nazoratida bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, taniqli qozoq oligarxi,  McDonald’sʼning Qozog‘iston, Rossiya va Belarusdagi franshizasi egasi Qayrat Boranbayev Qozog‘istonning eng boy odamlaridan biri, mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qudasi hisoblanadi. Boranbayevning qizi Nazarboyevning nabirasi Oysultonga turmushga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Ostona jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining hukmi bilan Qayrat Boranbayevning mol-mulki musodara qilinib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 

Boranbayev 2022 yil mart oyi o‘rtalarida hibsga olingan edi. 2023 yil 31 mart kuni Ostona sudi Boranbayev va uning ikkala sherigini ham gaz yetkazib berish vaqtida “Qazaq Gaz” milliy kompaniyasidan yirik miqdordagi mablag‘larni o‘g‘irlaganlikda ayblab, sakkiz yilga o‘rtacha tartibli koloniyaga hukm qilgan. Biroq iyul oyi boshida hukm Ostonadagi jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan bekor qilingan. Avgust oyida esa Boranbayevning advokati Daniyar Kanafin uning himoyasidagi shaxs aybini tan olgani va yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplash masalasida tergov bilan hamkorlik qilmoqchiligini bildirgan.

Avvalroq Qayrat Boranboyev o‘z ixtiyori bilan qiymati 1,4 milliard tenge (taxminan 3 million dollar) dan ortiq bo‘lgan “Comfort Hotel Astana” mehmonxona majmuasini davlat hisobiga o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev ozodlikni cheklash Qayrat Boranboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing