Nazarboyevning nabirasi qayerga dafn etiladi?

Olam

image
Darig‘a Nazarboyeva o‘g‘lining o‘limiga izoh berdi north_east

Darig‘a Nazarboyeva o‘g‘lining o‘limiga izoh berdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 16 avgust kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysulton Nazarboyev Londonda vafot etgan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, kichik Nazarboyev Olma-ota shahrida bobosi – akademik Rohat Aliyevning yoniga dafn etilishi mumkin. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, bugun, 18 avgust holatiga ko‘ra ikki kundan buyon shahardagi “Kensay-2” qabristoni yopib qo‘yilgan. Bu yerda obodonlashtirish ishlari ketmoqda. 

Qabriston xodimi ommaviy axborot vositalarining “Oysulton bobosining yoniga dafn etilishi mumkinmi”, degan savoliga, “Hali noma’lum, lekin bizga tayyorgarlik ko‘rish buyurildi”, deb javob bergan.

Oysulton Nazarboyevning o‘limi sabablari rasman aytilgani yo‘q. OAVning urg‘ulashicha, uning vafotiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. 

Oysultonning onasi – Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva. U allaqachon turmush o‘rtog‘i Rohat Aliyev bilan ajrashgan. Aslida barcha voqealarning debochasi shu. Ular 2008 yilda ajrashishgan. Kuyov bo‘lmish Aliyev 2015 yilda Avstriya qamoqxonasida o‘lik holda topilgan. O‘shanda u “Nurbank”ning ikki nafar top-menejerini o‘ldirganlikda ayblangan. Qozog‘istonda unga hokimiyatni egallab olishga zimdan tayyorgarlik ko‘rish, jinoiy guruhga rahbarlik qilish kabi ayblovlar qo‘yilgan va sirtdan 40 yil ozodlikdan mahrum qilingan. Qozog‘iston Avstriyaga uning ekstraditsiyasi haqida ikki marta so‘rov yuborgan, ammo rad javobini olgan edi.

Oysulton Nazarboyev Britaniyaning qirollik harbiy akademiyasini bitirgan va Qozog‘istonning harbiy razvedkasida faoliyat olib borgan. U bolaligidan futbol ishqibozi bo‘lgan va bir vaqtlar Qozog‘iston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ham ishlagan. 2017 yilda u bobosi Muxtor Aliyev vafoti va otasining o‘z joniga qasd qilganidan keyin giyohvand moddalar iste’mol qilayotganini tan olgan.

2013 yilda Oysulton Nazarboyev “QozRosGaz” rahbari Qayrat Boronboyevning qiziga uylangan. Ularning bir nafar qiz farzandi bor.

Oysulton Nazarboyev joriy yil boshidan beri ijtimoiy tarmoqlardagi kutilmagan postlari sabab jamoatchilik diqqat markazida paydo bo‘lgandi.

Shunday postlardan birida u oila sirini OAVga olib chiqqandi. Oysulton Nursulton Nazarboyev bobosi emas, otasi ekanini aytgan. Boshqasida esa hukumatdagilarni poraxo‘rlikda ayblagan.

Bundan tashqari, u yanvar oyida o‘z joniga qasd qilishga uringandi. Oysulton giyohvand moddalarga mukkasidan ketgani, shuning uchun shifoxonada davolangani haqida xabarlar tarqalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Darig'a Nazarboeva Oysulton Nazarboev

Baholaganlar

631

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing