Darig‘a Nazarboyeva o‘g‘lining o‘limiga izoh berdi
Olam
−
17 avgust 2020
73738Avvalroq, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysulton Nazarboyev Londonda vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Oysultonning onasi, sobiq Senat raisi Darig‘a Nazarboyeva o‘g‘lining vafotini tasdiqladi.
“Mening oilam sevimli Oysultonning vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda. Bunday og‘ir kunda jamoatchilik bizni tushunadi va ulkan qayg‘umizga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi, degan umiddamiz”, dedi Darig‘a Nazarboyeva.
Oysulton nimadan vafot etgani aniq emas. Taxminlarga ko‘ra, o‘limga yurak urishining to‘xtashi sabab bo‘lgan.
Oysulton 2010 yilda Britaniyaning Qirollik harbiy akademiyasini tamomlagan. 2012 yilda Qozog‘iston Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasida ish boshlagan. Bu yerda bir yil xizmat qilgan.
Oysulton Nazarboyev joriy yil boshidan beri ijtimoiy tarmoqlardagi kutilmagan postlari sabab jamoatchilik diqqat markazida bo‘lib kelayotgandi.
Shunday postlardan birida u oila sirini OAVga olib chiqqandi. Oysulton Nursulton Nazarboyev bobosi emas, otasi ekanini aytgan. Boshqasida esa hukumatdagilarni poraxo‘rlikda ayblagan.
Bundan tashqari, u yanvar oyida o‘z joniga qasd qilishga uringandi. Oysulton giyohvand moddalarga mukkasidan ketgani, shuning uchun shifoxonada davolangani haqida xabarlar tarqalgan.
LiveBarchasi