Qozoq nashri Karimov tirikligidayoq qizining “qadamini qiygani”ni olqishladi

Jamiyat

image

Qozog‘iston va O‘zbekistonning birinchi prezidentlarining to‘ng‘ich qizlari taqdiri bir-birinikiga o‘xshash. Faqat Nazarboyev hokimiyat vakolatlaridan foydalanib, shaxsiy daromad manbalarini kengaytirgan va mamlakatning eng boy odamlari qatoriga qo‘shilib qolgan qizi Darig‘a Nazarboyevaning xurmacha qiliqlariga ko‘z yumgan bo‘lsa, Islom Karimov to‘ng‘ich qizi Gulnoraning hokimiyatga bo‘lgan intilishlariga to‘siq qo‘ya oldi va hayotlik chog‘idayoq uni jinoyatlari uchun javob berishga majbur qildi. Bu haqda Qozog‘istoning “Jas Alash” gazetasida maqola e’lon qilindi. 

Maqolaning chop etilishiga Gulnora Karimovaning noqonuniy yo‘llar bilan orttirgan 182 million mablag‘i Shveysariyadan O‘zbekiston hukumatiga qaytarilishi bo‘yicha kelishuv asos bo‘lgan. 

“To‘ng‘ich qizining taqdiri xavf ostida qolganidan beri uning millionlab dollarlik mol-mulki davlat g‘aznasiga o‘tkazildi. Otasining o‘limidan so‘ng boshlangan sinov uning qamoqqa tashlanishi va barcha mablag‘larining mamlakatga qaytarishi bilan yakunlandi”, deydi muallif o‘z maqolasida.. 

Yozilishicha, ayni paytda Angliyada Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi va jiyaniga tegishli Londondagi qimmat mulklar bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda. Britaniya huquq-tartibot idoralari “asossiz boylik” sifatida ikkita uy va bir kvartirani musodara qilgan. Biroq sud huquq-tartibot idoralarining da’vosini qanoatlantirmadi, chunki Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a, uning o‘g‘li Nurali Aliyev va uning rafiqasi Aida ko‘chmas mulkni o‘z mablag‘lari evaziga sotib olganini isbotlagan. 

Rasman: Nazarboyev modelga uylangani va 65 yoshida o‘g‘il ko‘rgani fosh bo‘ldi north_east

Rasman: Nazarboyev modelga uylangani va 65 yoshida o‘g‘il ko‘rgani fosh bo‘ldi

“Keyinchalik xorij nashrlari o‘sha mulklardan biri haqiqatan ham mashhur Sherlok Xolmsning uyi ekanligini va uning qiymati 185 million dollarga baholanganini oshkor qildi”, deb yozadi muallif. 

Nashrning qayd etishicha, Nazarboyevning to‘ng‘ich qizidan meros qolgan barcha mulklar ichida hozircha tilga olinsa arziydigan yagona narsa bu “Duman” mehmonxonasidir. “Ozodlik” radiosi bu Darig‘a Nazarboyevaga tegishli ekanligini ochiqlagan. Mehmonxonani 2014 yilda sotib olgan “Armania” shirkati egalari Qayrat Sharipbayev va Darig‘a Nazarboyevaning aloqadorligi aytilmoqda. 

Savdo ob’ekti o‘tgan yozda kimoshdi savdosiga qo‘yilishi kerak edi, dastlabki taklif 13,9 milliard tengeni (taqriban 27,5 million AQSH dollari) tashkil etdi, biroq u amalga oshmadi.  Endi qaytarilgan mablag‘lar boshqaruv kompaniyasiga tegishli. Kompaniya uni boshqaradi va davlatga ma’lum daromad keltiradi. 

Umuman olganda, ikki katta qizning umumiy jihatlari ko‘p, deb yozadi gazeta.  Ularning hokimiyatga intilishi esa, ayniqsa, qiziq. 

Londonda birinchi prezident oilasining 50 mln dollarlik mulki bor – “Times” north_east

Londonda birinchi prezident oilasining 50 mln dollarlik mulki bor – “Times”

Masalan, 2013 yilning ikkinchi yarmidan boshlab Gulnoraning O‘zbekistonni boshqarishga bo‘lgan siyosiy ambitsiyalari yaqqol ko‘zga tashlanib, boshiga qora bulutlar to‘plandi. Uni O‘zbekiston maxsus xizmatlari payqab qolgan va barcha ma’lumotlarni 75 yoshli otasiga yetkazgan. Qizining niyati, moliyaviy ishlariga oid materiallar va davlat rahbarining qiziga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakatlari haqidagi dalillarni olgach, otasi undan butunlay voz kechdi. U tashqi dunyodan uzilib, uyidan chiqa olmadi. 

Aynan shu paytlarda 2014 yilda uning saroyi hovlisida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlab turilgani aks etgan suratlari London PR kompaniyasi orqali BBC’ga yuborilgan va ommaga e’lon qilingan edi. Otasining o‘limidan so‘ng sud jarayoni 2017 yilda boshlanib, avvaliga uning erkinligini cheklash bilan boshlangan sinov oxir-oqibat 9 yil, keyin yana 13 yillik qamoq jazosi bilan tugadi. 

“Qozog‘istonning o‘zbek rejimidan farqi shundaki, Karimov tirikligidayoq to‘ng‘ich qizining ta’sirini darrov sezib, uni hokimiyat doirasidan chetlatib, butun hayotini cheklab qo‘ygan. Bizda esa teskari holat”, deydi muallif. 

Hokimiyatdan ketish arafasida ham 30 yil mamlakatni boshqargan odam  “o‘rniga voris o‘laroq to‘ng‘ich qizini tashlab ketadi” degan mish-mishlar butun mamlakat bo‘ylab olovdek tarqalib ketgan. Chunki Darig‘a Nazarboyeva bungacha parlament deputati, parlament spikeri o‘rinbosari, bosh vazir o‘rinbosari, Senat deputati lavozimlarida ishlagan. Xullas, otasi hokimiyatdan “ixtiyoriy” ketgan kunning o‘zidayoq u davlat xizmatida ikkinchi o‘rinni egalladi va parlament senati raisi bo‘ldi. Taxtdan bir qadam qolgandagina o‘zini yo‘qotib, 2021 yilda parlamentga qaytdi. Yanvar voqealaridan keyin esa to‘satdan ta’tilga chiqdi va mamlakatga qaytmadi. 

“Birinchi xonim bilan TikTok”. Tatyana Karimova trend videoda suratga tushdi (video) north_east

“Birinchi xonim bilan TikTok”. Tatyana Karimova trend videoda suratga tushdi (video)

Nashrning urg‘ulashicha, hozirda Darig‘aning London va BAAdagi hashamatli qasrlari haqida tez-tez gapirilayotgan bo‘lsa-da, uning qayerdaligi Qozog‘istonning vakolatli organlariga “noma’lum”. Vaholanki, Forbes jurnali 2024 yilning 6 may kuni e’lon qilgan Qozog‘istonning eng boy odamlari ro‘yxatiga ko‘ra, u 590 million dollar boyligi bilan 15-o‘rinni egallagan. Faqat bir narsani ta’kidlash kerak: jurnal faqat rasman tasdiqlangan ma’lumotlarni to‘playdi. Demak, uning barcha boyligi shu bilan tugamasligi aniq. 

2024 yilning dekabr oyida Davlat daromadlari qo‘mitasi saytida Nursulton Nazarboyev, uning qizlari Darig‘a va Dinara Nazarboyevalar hamda kuyovi Timur Kulibayevning shaxsiy soliq to‘lovchi raqamlari yo‘qolib qolgani ma’lum bo‘lgan edi. Buni mahalliy ommaviy axborot vositalari aniqladi. Aslida, qonunga ko‘ra, har bir Qozog‘iston fuqarosining shaxsiy identifikatsiya raqami soliq to‘lovchi va davlat xizmatlarini oluvchi sifatida platformada saqlanishi kerak. Agar doimiy yashash uchun chet elga chiqsangizgina bekor qilinadi. 

Shu bois Qozog‘istonning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich va o‘rtancha qizlari – Darig‘a Nazarboyeva va Dinara Kulibayeva 2024 yil sentyabr oyidagi Forbes Woman Kazakhstan reytingida birinchi bo‘lib kiritilmagan. Bir tomondan, ajablanadigan narsa yo‘q. Chunki u qozog‘istonlik ayollar ro‘yxati va bundan ko‘rinadiki, ular mamlakatni rasman tark etgan bo‘lishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, 2022 yil 5 iyun kuni Qozog‘istonda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilgandi. O‘zgartirishlardan biri mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning maqomi va vakolatlari haqidagi modda olib tashlanishi bo‘ldi. Bundan tashqari, Nazarboyevning millat yetakchisi maqomining o‘zgarmasligi to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlandi. 2023 yilning 10 yanvar kuni Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topdi.


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova Nursulton Nazarboev Islom Karimov Darig'a Nazarboeva

Baholaganlar

0

Reyting

5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing