Nazarboyevning qizi ko‘rinish berdi. U yangi lavozimga tayinlangan

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Senatining sobiq raisi – mamlakat Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva yangi lavozimni egalladi. Mahalliy OAVning yozishicha, u faoliyatini otasi tomonidan asos solingan fondda davom ettirmoqda. 

Nur-Sulton shahri hokimligi tarqatgan xabarda qayd etilishicha, joriy yilning 4 iyul kuni Nursulton Nazarboyev jamg‘armasi direktori Darig‘a Nazarboyeva yangi kovorking-markazi ochilish marosimida ishtirok etgan. 

Qayd etilishicha, ushbu markaz shahar ma’muriyati tomonidan Nazarboyev fondi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. 

Bu yerda ko‘p bolali onalar, yolg‘iz ayollar, alohida ehtiyojli bolalarni tarbiyalayotgan ayollar, kam ta’minlangan fuqarolar va yashash sharoitlari og‘ir bo‘lgan bolalar, nogironlar o‘qitiladi. Nazarboyeva tashrifi davomida markazning moddiy-texnik bazasi bilan tanishgan va o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirgan. U infeksiyadan himoyalanish, gigiyena va ijtimoiy masofani ta’minlash nuqtai nazaridan ish joylarining xavfsizligiga alohida e’tibor qaratgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning may oyida mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Darig‘a Nazarboyevani Senat raisi lavozimidan iste’foga chiqardi. Shundan so‘ng, Nazarboyeva hech yerda ko‘rinish bermadi, uning biror lavozimni egallagani ham xabar qilinmadi. 

Aslida, Darig‘a Nazarboyeva otasidan keyin mamlakat rahbari bo‘lishi taxmin qilinardi. Ammo Nursulton Abishevich 2019 yilning mar t oyida o‘z o‘rnini qiziga emas, o‘sha vaqtdagi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayevga topshirdi. Darig‘a lavozimining norasmiy nomlanishidan “vitse” qo‘shimchasini olib tashlashga astoydil harakat qildi. Nazarboyeva 2019 yilning mart oyida Senat raisi lavozimiga tayinlandi

Jamoatchilik Nazarboyevaning birdaniga “surgun” qilinishini uning prezidentlik ambitsiyalari bilan bog‘lagandi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 iyul kuni Qozog‘istonda Birinchi Prezident – Elboshi Nursulton Nazarboyev tavalludining 80 yilligi nishonlanmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Darig'a Nazarboeva

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing