Navoiyda alimentdan qochgan ota tandir ichidan topildi (video)
3-sahifa
−
05 iyun 5405 2 daqiqa
Navoiy viloyatining Karmana tumanida 2 yil davomida aliment to‘lamay 71 mln so‘m qarz bo‘lgan ota tandir ichidan topildi. Bu haqda Navoiy viloyati sudlari xabar berdi.
Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi Karmana tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 2023 yildagi sud qaroriga asosan aliment to‘lovchi shaxs ikki yildan buyon aliment javobgarligidan qochib kelgan. Bu davr mobaynida uning qarzdorligi qariyb 71 million so‘mga yetgan. Shu sababli ish qidiruv sho‘’basiga taqdim qilingan.
Tezkor tadbir jarayonida ushbu shaxs Karmana tumanidagi oshxonalardan biridagi tandir ichidan topilgan. Shundan so‘ng holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va sud qarori bilan qarzdor otaga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada aliment to‘lashdan qochib, parda ortiga yashiringan ota qamalgandi. O‘tgan yili Qashqadaryoda aliment to‘lamasdan qochib yurgan erkak uyidagi ko‘rpalar tagidan, Namanganda va Surxondaryoda uy yerto‘lasidan, Xorazmda tovuq fermasidan, Farg‘ona shahrida tungi klubdan, Andijonda xolasining va Buxoroda buvisining uyidan topilgandi. Shuningdek, ilgariroq Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan bir farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota ukasining nikoh to‘yida ushlangandi. Andijon viloyatida esa aliment to‘lashdan qochib yurgan ota o‘z uyining qurilishi tugallanmagan hududida, shifer ortidan topilgan. Samarqand viloyatida esa aliment to‘lashdan qochib yurgan ota shkaf ichidan chiqqan.
Live
Barchasi