Navoiyda ruxsatsiz dölana tergan ikki fuqaro jarimaga tortildi
3-sahifa
−
11:22 462 1 daqiqa
Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida ikki fuqaro tegişli ruxsatnomasiz dölana tergani uçun jami 7 million 480 ming söm ma’muriy jarimaga tortildi. Bu haqda keça, 30 oktyabr kuni viloyat Ekologiya va iqlim özgarişi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Ekopolitsiya xodimlari tomonidan ötkazilgan reyd davomida “Angidon” mahallasi hududida ikki fuqaro – Ş.S. va Yo.R. ruxsatnomasiz dölana mevalarini terib, olib ketayotgan vaqtida aniqlangan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-1-moddasi (Ösimlik dunyosi ob’ektlarini yiğiş, tayyorlaş va ulardan foydalaniş tartibi hamda şartlarini buziş) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan. Fuqarolarning biriga BHMning 10 baravari, ikkinçisiga esa 7 baravari miqdorida jarima belgilangan.
Şuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar 1 million 3 ming 200 söm etib hisoblangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hududida Qizil kitobga kiritilgan 1 dona Tyan-Şan qönğir ayiği va 3 dona yovvoyi tönğizni ovlagan şaxslarga jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi30 Oktyabr