Navoiy ko‘chasida tramvay yuradimi? Toshkent hokimligi aniqlik kiritdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Yirtiqni yamab esimiz ketadi. Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi “bordyur” yangilanyapti north_east

Yirtiqni yamab esimiz ketadi. Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi “bordyur” yangilanyapti

Avvalroq Toshkentning Navoiy ko‘chasida qurilish ishlari boshlangani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, agarda poytaxtga tramvay qaytarilsa, bu ko‘chaga relslar o‘tkazilmasligiga kafolat bormi yoki yo‘l rekonstruksiyasiga ajratilgan pullar shunchaki “yuvib yuboriladimi” degan savol qo‘yilgandi.

Bugun, 16 fevral kuni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov matbuot anjumanida mazkur masalaga aniqlik kiritib, Navoiy ko‘chasida tramvay yurmasligini ma’lum qildi.

“U “gaborit”da tramvay yurishi bo‘lmaydi”, dedi Rahmonov qisqagina qilib.

Toshkent shahar Transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev tramvay bo‘yicha takliflar borligini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi chog‘ida Toshkentga tramvay qaytarilishi haqida ma’lum qilgandi.

Oradan ko‘p o‘tmay, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Toshkentda tirbandliklarga qarshi kurashish uchun yo‘llarda avtobuslarga maxsus yo‘lak ajratsa, bu tramvaylarni qaytarishdan ko‘ra arzonga tushishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 2016 yil 2 may kuni Markaziy Osiyodagi eng qadimgi va eng yirik yengil relsli transport tizimi – Toshkent tramvaylari tarixga aylangan edi. Rasmiylar buni transport vositalarining doimiy ko‘payib borishi va tramvay yo‘nalishlarining samarasiz ishlashi bilan izohlashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tramvay

Baholaganlar

347

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing