Yirtiqni yamab esimiz ketadi. Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi “bordyur” yangilanyapti
Jamiyat
−
14 fevral 2022
6352Bugun, 14 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Navoiy ko‘chasida yo‘l o‘rtasi to‘sib qo‘yilgan suratlar tarqalishi ortidan, poytaxtda tramvay liniyasini yotqizish ishlari boshlangani taxmin qilindi.
Toshkent shahar hokimligi mazkur holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, bu ishlar tramvay bilan aloqador emasligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilda Toshkent shahridagi ko‘chalarni tartibga keltirish (ta’mirlash) rejasiga muvofiq, 14 fevral kuni poytaxtning Navoiy ko‘chasida ta’mirlash ishlari boshlangan.
“Bunda Navoiy-Labzak ko‘chasidan Navoiy–Beruniy ko‘chalarigacha bo‘lgan oraliq butkul ta’mirlanishi rejalashtirilgan.
Bu ishlar Toshkentda yangi tramvay liniyasi yoki tezyurar avtobus uchun yo‘lak tashkil qilish bilan bog‘liq emas”, deyiladi hokimlik xabarida.
Rasmiy ma’lumotda bu ta’mirlash ishlariga qancha mablag‘ yo‘naltirilgani haqida ma’lumot berilmagan.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida poytaxtga tramvay qaytarilishini ma’lum qildi.
Navoiy ko‘chasi shahar markazidagi shoh ko‘chalardan. Tramvay faoliyati tiklanadigan bo‘lsa, katta ehtimoli bilan bu yo‘l chetda qolmaydi. Shunday ekan, yana buzilishi mumkin bo‘lgan ta’mirlash nega kerak?
LiveBarchasi