Navalniyning advokatlari hibsga olindi

Olam

image

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyni himoya qilgan advokatlar hibsga olindi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib, RBK xabar berdi.

Aytilishicha, dastlab Igor Sergunin, keyinchalik Aleksey Lipser va Vadim Kobzev hibsga olingan. Advokatlar kecha, 13 oktyabr kuni tushdan keyin tintuvlardan so‘ng qo‘lga olingan. 

Sud veb-saytidagi ma’lumotlar ko‘ra, Sergunin, Lipser va Kobzev ekstremistik tashkilotda ishtirok etganlikda ayblanmoqda (Jinoyat kodeksining 282.1-moddasi 2-qismi), ushbu modda bo‘yicha ular olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Yurist Vyacheslav Gimadining ta’kidlashicha, uchala advokat ham hozirda Jinoyat-protsessual kodeksining 91-moddasi – gumonlanuvchini ushlab turish uchun dalillar mavjudligiga asoslanib, ushlab turilibdi. 

Navalniyning ittifoqchisi Ivan Jdanov o‘zining Telegram-kanalida muxolifatchi advokatlarining ish materiallaridan parchani e’lon qilgan. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachilar “tuzatish muassasasiga kirish uchun yuridik yordam ko‘rsatishda o‘z maqomlaridan foydalangan holda, ekstremistik jamiyat yetakchilari, ishtirokchilari va Navalniy o‘rtasida ma’lumotlarning muntazam uzatilishini ta’minlagan va ular shu orqali o‘z vazifalarini bajarishda davom etgan.

Igor Sergunin 45 yoshda. U voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan edi. Sergunin advokat bo‘lguniga qadar huquqni muhofaza qilish organlarida 10 yildan ortiq ishlagan. U Navalniy ilgari joylashgan Vladimir viloyatidagi qamoqxonaga bir necha bor borib, muxolifatchi bilan uchrashgan.  

Vadim Kobzev 40 yoshda. Uning uchta voyaga yetmagan farzandi bor. U birinchi marta 2011 yil 5 dekabrda Davlat Dumasi saylovlari natijalariga qarshi o‘tkazilgan mitingda hibsga olinganidan so‘ng, ma’muriy ishda Aleksey Navalniy manfaatlarini himoya qilgan va o‘shandan beri u aksariyat jinoiy ishlar bo‘yicha uning advokati bo‘lib kelgan.

Aleksey Lipser 36 yoshda. Uning 2021 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi bor. Lipser Navalniyni qamoqda bo‘lganida himoya qilgan va boshqa ko‘plab siyosiy motivli ishlar ustida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Aleksey Navalniy 2021 yilning fevralidan beri qamoqda. Keyin u Iv Roshe ishi bo‘yicha shartli qamoq jazosi bilan almashtirilgan. U 2023 yilning yozida ozod etilishi kerak edi, biroq 2022 yil iyun oyida firibgarlik ishi bo‘yicha yangi hukm kuchga kirgan. Unda Navalniy to‘qqiz yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Navalniy ekstremistik jamiyat tashkil qilganlikda ayblanib, 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya advokat Aleksey Naval'niy Aleksey Liptser Igor' Sergunin Vadim Kobzev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing