Navalniy Moskvaga qaytayotganini e’lon qildi
Olam
−
13 yanvar 2021
5072Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Germaniyadan Rossiyaga qaytayotgani haqida ma’lum qildi. U Moskva shahriga 17 yanvar kuni "Pobeda" reysi orqali qaytmoqda.
“Qaytish yoki qaytmaslik tanlovi meni hech qachon o‘ylantirmagan. Chunki men ketmaganman. Xushimga kelganda men Germaniyada edim, u ham bitta sababga ko‘ra: ular meni o‘ldirmoqchi bo‘lishdi”, deb yozmoqda Navalniy.
Navalniy 2020 yilning avgust oyida zaxarlanganidan so‘ng Germaniyaga olib ketilgan va “Sharite” klinikasida davolangan edi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oxirida Rossiya Tergov qo‘mitasi Aleksey Navalniyga nisbatan katta miqdorda firibgarlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilganligini e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi