“Nasaf” muxlislari o‘yindan so‘ng YTHga uchradi. Qurbon bor (video)

3-sahifa

image

Kecha, 30 oktyabr kuni Qashqadaryoning “Nasaf” futbol klubi muxlislari Namanganning “Navbahor” klubi bilan o‘yindan so‘ng Qashqadaryoga qaytayotganida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Nasaf” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvida jamoasini stadiondan qo‘llab-quvvatlash uchun borgan bir guruh muxlislar Namangan-Qarshi yo‘nalishida ortga qaytish chog‘ida Taxtaqoracha dovonida yo‘l-transport hodisasiga uchragan.

Mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olgan muxlislardan biri Mahmud Muhammadiyev hayotdan ko‘z yumgan. Qolgan to‘rt nafar muxlis turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

“Nasaf” futbol klubi jamoamizning fidoyi muxlisi Mahmud Muhammadiyevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Marhumning janozasi ertaga soat 08:00 da Kitob tumanida bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyaning “Flamengo” klubi muxlislarini olib ketayotgan avtobus Rio-de-Janeyro shtatida ag‘darilib ketgandi. Hodisa oqibatida 46 kishi jarohat olgan, ulardan to‘rt nafari og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Nasaf futbol yth muxlislar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing