“Flamengo” muxlislari avtobusi halokatga uchradi

Sport

image

Braziliyaning “Flamengo” klubi muxlislarini olib ketayotgan avtobus Rio-de-Janeyro shtatida ag‘darilib ketdi. Hodisa oqibatida 46 kishi jarohat olgan, ulardan to‘rt nafari og‘ir ahvolda. Bu haqda TC television xabar berdi.

Federal avtomobil yo‘llari politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, baxtsiz hodisa kecha, 27 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:10 da Prezident Dutra shossesining 281-kilometrida, Barra-Mansa hududida sodir bo‘lgan. Avtomagistralni boshqaruvchi kompaniya bayonotida “46 jabrlanuvchi qayd etilgan, ulardan 32 nafari yengil, 10 nafari o‘rtacha va 4 nafari og‘ir tan jarohati olgan”, deb yozilgan.

Yo‘lning kuzatuv kameralarida avtobusning noma’lum sabablarga ko‘ra ag‘darilib ketgani va yo‘l harakatining deyarli bir soatga to‘xtab qolganini tasdiqlovchi tasvirlar qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, muxlislar “Flamengo” jamoasining Libertadores kubogi yarim finalida “Rasing”ga qarshi javob uchrashuvini tomosha qilish uchun Argentinaning Avelyaneda shahriga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Bu jamoalarning birinchi uchrashuvida rio-de-janeyroliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Libertadores “Flamengo”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing