NASA g‘oyib bo‘lgan kosmik kemadan signal oldi

Olam

image

NASA 21 iyul kuni texnik sabablarga ko‘ra aloqani yoqotgan “Voyager 2” zondidan tasodifan “hayot signalini” qabul qilib oldi. Bu haqda “Smithsonian magazine” nashri xabar berdi.

Agentlik kema bilan aloqani tiklamagan bo‘lsa-da, uzatuvchi uskunasidan kelib tushgan signal uning hali ham uzoq kosmosda ish faoliyatida ekanligidan dalolat beradi. 

“Voyager 2” zondi 21 iyul kuni NASA’ning kosmik kemaga bir qator rejalashtirilgan buyruqlar yuborishi oqibatida yo‘qolgan. Agentlikning ushbu signallari tasodifan zond antennasini Yerdan ikki daraja uzoqqa siljitib yuborgan. Natijada NASA Deep Space Network markazi va kosmik kema o‘rtasidagi aloqa uzilgan. 

“U har kuni faolligini yoqotib, bizdan uzoqlashmoqda. O‘ylashimizcha, bu o‘n yillikning oxiriga kelib kosmik kema bilan aloqani yo‘qotamiz”, dedi Kanberra Deep Space Communication Complex menejeri Glen Negl. 

Bildirilishicha, “Voyager 2” dan umid uzilgani yo‘q — uskuna yiliga bir necha marta o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishga dasturlashtirilgan, keyingi o‘zgarish oktyabrga rejalashtirilgan. Bu aloqani davom ettirishga imkon berishi mumkin, ammo NASA zond e’tiborini jalb qilish uchun undan oldin signallarni yuborishni rejalashtirmoqda.

“Bu kutish uchun uzoq vaqt, shuning uchun biz buyruqlarni bir necha marta yuborishga harakat qilamiz”, dedi loyiha menegeri Suzan Dod.

Ma’lumot uchun, “Voyager 2” va uning egizagi “Voyager 1” 1977 yilda Yupiter va Saturnni o‘rganish uchun uchirilgan. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, Yupiterning Lo yo‘ldoshida faol vulqonlarni aniqlash kabi bir qator kashfiyotlar amalga oshirilgandan so‘ng, missiya uzaytirilgan. Keyinroq “Voyager 2” Uran tomon yo‘l oldi va u yerda ilgari noma’lum bo‘lgan 11 ta yo‘ldoshni topdi. 1989 yilda esa Neptunga yaqinlashdi. “Voyager 2” hali ham ushbu ikki tashqi sayyorani o‘rgangan yagona kosmik kemadir.

Eslatib o‘tamiz, NASA qimmatbaho metallarga boy, deb taxmin qilinayotgan Psyche-16 asteroidi tomon shu nomdagi kosmik kemani uchirishga hozirlik ko‘rmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

NASA kosmik kema Voyager 2 signal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing