NASA oltin to‘la asteroidga kosmik kema yubormoqchi
Olam
−
24 iyul 2023 12697 1 daqiqa
NASA qimmatbaho metallarga boy, deb taxmin qilinayotgan Psyche-16 asteroidi tomon shu nomdagi kosmik kemani uchirishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda agentlik o‘zining rasmiy sahifasida xabar berdi.
Psyche-16 asteroidlar kamarida joylashgan bo‘lib, unga yetib borish uchun taxminan 4 milliard kilometrlik masofani bosib o‘tish kerak. Buning uchun taxminan olti yil sarflanadi.
Kosmik kemaning ishga tushirilishi hozircha faqat tadqiqot missiyasi uchun amalga oshirilayotgani aytilmoqda. Ammo olimlarning fikricha, ushbu asteroid tarkibida ko‘p miqdorda temir, nikel va oltin kabi qimmatbaho metallar mavjud. Ular taxminan 10 kvintillion dollar qiymatga ega va bu butun jahon iqtisodiyotidan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin.

“ Psyche-16 quyosh sistemasida Mars va Yupiter o‘rtasida joylashgan asteroiddir. U metallga boyligi bilan ajralib turadi. Bu insoniyat hayoti davomida tashrif buyuradigan birinchi qimmatbaho ob’ekt bo‘ladi”, degan tadqiqot ishlari a’zolaridan biri.
Kosmik kema 5 oktyabr kuni asteroidga uchirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili NASA yerga xavf tug‘dirmaydigan “Dimorf” asteroidiga DART zondi bilan zarba bergan va asteroid yo‘nalishini o‘zgartirgan.
Sevara Husniddinova
Live
Barchasi