Olimlar 11,5 yoruğlik yili uzoqlikdan kelgan sirli signalni aniqladi
Olam
−
20:24 715 2 daqiqa
Olimlar Yerdan taxminan 11,5 yoruğlik yili uzoqlikda joylaşgan GJ 725A qizil mitti yulduz tizimidan 45 megagers çastotali sirli radiosignalni aniqladi. Tadqiqotçilar bu signal yulduz va uning sayyorasi örtasidagi magnit maydon ta’siri yoki vulqon faolligiga ega yöldoş bilan boğliq bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.
Qayd etilişiça, signal xalqaro astronomlar jamoasi tomonidan LOFAR radioteleskopi yordamida osmonni keng kölamda kuzatiş jarayonida aniqlangan. U 42–50 megagers diapazonida qayd etilgan va bir soatlik kuzatuv davomida saqlangan. Keyingi kuzatuvlarda esa takrorlanmagan.
Tadqiqotçilar radiotölqinlar kuçli aylanma qutblanişga ega ekanini ham aniqlagan. Astronomik tahlil signal manbai yulduzning özi ekanini, uning hamroh yulduzi emasligini körsatgan. Olimlar nurlanişning yuqori quvvati oddiy fizik jarayonlar bilan izohlanmasligini ta’kidlamoqda.
Hozirça signalning kelib çiqişi böyiça uçta asosiy taxmin mavjud. Birinçi taxminga köra, radiosignal yulduz atrofida keng orbita böylab aylanayotgan, hali aniqlanmagan yirik sayyoradagi qutb yoğdusi bilan boğliq bölişi mumkin. Bunda sayyora Yupiterning vulqon faolligi yuqori bölgan yöldoşi Io kabi faol yöldoşga ega bölişi ehtimoli ham körib çiqilmoqda.
Ikkinçi taxmin signal yulduzning içki faolligi natijasida paydo bölgan bölişi mumkinligini nazarda tutadi. Biroq GJ 725A yulduzining faolligi juda past ekani bu ehtimolni şubha ostiga qöyadi.
Uçinçi taxmin esa radiotölqinlar yulduz va GJ 725Ab deb nomlangan, avvaldan ma’lum bölgan kiçik toşsimon sayyora örtasidagi magnit ta’sirlaşuv natijasida yuzaga kelganini körsatadi. Uşbu sayyora yulduz atrofidagi bir töliq aylanişini 11 kunda amalga oşiradi. Ammo uning massasi Yer massasidan atigi 2,8 baravar katta bölgani sababli bunday kuçli radiosignalni hosil qiliş uçun yetarli magnit maydoniga ega bölişi dargumon.
Olimlar signalning asl manbasini aniqlaş uçun LOFAR 2.0 radioteleskopi orqali kuzatuvlarni davom ettiriş, şuningdek, rentgen va ultrabinafşa diapazonlaridagi kosmik asboblardan foydalanişni rejalaştirmoqda. Tadqiqot natijalari arXiv saytida ilmiy maqola sifatida taqdim etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning FAST radioteleskopi koinotning uzoq hududidan kelgan ğayrioddiy radio signalni qayd etgandi. Holat Yerdan taşqari sivilizatsiyalar mavjudligini örganuvçi olimlarda qiziqiş uyğotmoqda.
Live
Barchasi