Olimlar qarishni kechiktirishning yangi usulini aniqladi
Salomatlik
−
05 Sentabr
14095Londonning Imperial kolleji olimlari tadqiqot guruhi sichqonlarda S6K1 oqsilini ishlab chiqarishni cheklash uzoq umr ko‘rishga yordam berishini va yoshga bog‘liq kasalliklardan himoya qilishini aniqladi. Bu bo‘yicha tadqiqot “Nature Aging” jurnalida chop etildi.
Qayd etilishicha, olimlar uzoq vaqtdan beri S6K1 qarish va yoshga bog‘liq kasalliklarni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydigan oqsil ekanligini bilishgan. Tadqiqotchilar tanada uning miqdorini kamaytirish sichqonlarning sog‘lig‘i va umr ko‘rish davomiyligiga qanday ta’sir qilishini aniqlash uchun keksa eksperimental kemiruvchilarda bir xil nomdagi genni olib tashlagan.
Nashrga ko‘ra, S6K1 geni jigarda joylashgan. U ozuqa moddalari va stressga javoban hujayra o‘sishi va metabolizmini tartibga soluvchi mTOR deb nomlangan signalizatsiya yo‘lida harakatlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, S6K1 blokirovkasi ortiqcha yallig‘lanishni yo‘q qilish orqali kemiruvchilarda hujayra qarishini sekinlashtirgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, tanadagi ko‘plab qarigan hujayralar yallig‘lanish, qarish bilan bog‘liq sekretsiya fenotipini oladi. Bu yoshga bog‘liq kasalliklarga, tanadagi yog‘ miqdorining kamayishiga, suyaklar mustahkamligining pasayishiga va qonda qand miqdorining oshishiga olib keladi.
Ilmiy ish mualliflari S6K1’ni o‘rganish yoshga bog‘liq kasalliklarni davolashning yangi usullarini ishlab chiqishda asosiy omilga aylanishi mumkinligini ta’kidladi. Biroq, bunday eksperimental terapiyani inson tanasiga moslashtirish uchun ko‘proq tadqiqotlar talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada o‘pka saratoniga chalingan 67 yoshli londonlik erkak xalqaro sinov doirasida birinchi bo‘lib saratonga qarshi yangi vaksina olgan edi.
LiveBarchasi