Husanovga “Gelik”ni kim sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi (video)
Sport
−
17 mart
43824Avvalroq, Toshkentga yetib kelgan “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov Mercedes-Benz G-klass, ya’ni “Gelik” avtomobilini sotib olgani haqida xabar berilgan edi.
Aslida esa ushbu mashinani o‘zbek futboli funksioneri Ulug‘bek Asanboyev Husanovga sovg‘a qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ulug‘bek Asanboyev may oyida to‘yi bo‘lishi kutilayotgan 21 yoshli futbolchi Abduqodir Husanovga “Gelik”ni to‘yona qilgan.
O‘z vaqtida “Paxtakor” va “Do‘stlik” jamoalarida to‘p surgan Asanboyev so‘nggi yillarda futbolchilarning xorij klublariga o‘tishini tashkil qilishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” klubi rahbariyati himoyachi Abduqodir Husanov O‘zbekiston terma jamoasining Tehronda Eronga qarshi safardagi o‘yinida ishtirok etishi va futbolchini u yerdan Manchesterga olib ketishi uchun alohida samolyot ajratgandi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart
Trenddagilar

