Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Toshkentdagi tungi klubda dahshatli janjal sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi tungi klub oldida janjal chiqqani, shu yerda qizni himoya qilgan erkak komaga tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, kecha, 16 mart kuni tungi soat 02:30 larda Yakkasaroy tumanida joylashgan restoranlardan birida mijoz sifatida kelgan 1995 yilda tug‘ilgan A.Sh. o‘zining tanishi 1985 yilda tug‘ilgan X.A. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan nizo sababli o‘zaro janjallashgan. 1990 yilda tug‘ilgan B.A. ularni ajratishga harakat qilgan vaqtida A.Sh. uni urib tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda B.A. “bosh miya jarohati, o‘ng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlanish” tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada bir guruh shaxslar fuqaroga bolta bilan hujum qilib, ayovsiz kaltaklagan edi. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida A.A.ning tan jarohatlari o‘rtacha og‘irlikdagi shikastlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent janjal tungi klub

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing