Tadqiqotchilar insonlar nega qo‘rqinchli tush ko‘rishini aniqladi
Bu qiziq
−
11 may
44154AQSHning Pensilvaniya shtatidagi Nyuman universiteti tadqiqotchilari insonlar nima uchun tez-tez qo‘rqinchli tushlar ko‘rishi va ularning mazmuniga qanday omillar sabab bo‘lishi borasida tadqiqot o‘tkazdi. Natijalar “Dreaming” ilmiy jurnalida chop etildi.
Qayd etilishicha, kattalarning 2,4 foizdan 12 foizgacha qismi muntazam ravishda uxlash paytida yomon tushlar ko‘radi. Ko‘pincha bunday tushlar hissiy stressning kuchayishi, travma va paranoya bilan bog‘liq.
Tadqiqot ikki hafta davom etib, unda 166 nafar talaba ishtirok etdi. Ularga so‘nggi ikki hafta ichida qanchalik tez-tez qo‘rqinchli tush ko‘rganliklarini eslab qolish, yoqimsiz tushlarning umumiy sonini hisoblash va ularning qay darajada dahshatli ekanini tasvirlash vazifa qilib topshirildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar stress darajasini va psixologik xususiyatlarini baholash uchun psixologik testdan o‘tdi.
Mutaxassislar tadqiqot davomida tushlarning chastotasi bevosita insonning psixologik xususiyatlariga va uning his-tuyg‘ularini nazorat qilish qobiliyatiga bog‘liqligini aniqladi.
Xulosa shuni ko‘rsatdiki, tuyg‘ularni jilovlashda qiynaladigan odamlar tez-tez dahshatli tush ko‘radi va ko‘p azob chekadi. E’tiborlisi shundaki, yomon tushlarning mazmuni insonning real holati bilan emas, balki uning shaxsiy fikrlashi bilan ko‘proq bog‘liqdir.
LiveBarchasi