Internetga qaramlikning asosiy sababi ma’lum böldi

Bu qiziq

−

visibility543 timer2 daqiqa

image

Dunyo aholisining 10 foizdan ortiği internetdan foydalanişdan aziyat çekayotgan bölişi mumkin, biroq bunda iroda kuçini emas, balki raqamli platformalar dizaynini ayblaş kerak. Xalqaro komissiya tarkibidagi psixiatr va psixologlar ana şunday xulosaga kelişdi. Bu haqdagi tadqiqot “Earth.com”da e’lon qilindi.

Qayd etilişiça, mutaxassislar tarmoqqa qaramlik kölamini baholaş uçun mavjud tadqiqotlarni tahlil qilib çiqqan.

Bunga öyin va qimorga oid muammolar, vasvasali onlayn-şoping, ijtimoiy tarmoqlarga “yopişib qoliş” hamda kiberxondriya – insonning tarmoqdan xavotir bilan kasallik alomatlarini qidiriş holati kiradi. 16 yoşdan 24 yoşgaça bölgan ösmirlar va yoşlar ijtimoiy tarmoqlarda kuniga örtaça 3,5 soat vaqt ötkazadi, daromad darajasi past va örtaça bölgan mamlakatlarda esa bu muammo boy davlatlarga qaraganda tez-tez uçraydi.

Flinders universitetining katta ilmiy xodimi Andrea Çakoning sözlariga köra, köplab servislar diqqatni uşlab turiş uçun ataylab şunday loyihalaştiriladi. Tugamaydigan lenta, videolarning avtomatik ijro etilişi, şaxsiy tavsiyalar va kutilmagan mukofotlar telefonni öz vaqtida çetga surib qöyişga xalaqit beradi. Ma’ruza mualliflari, şuningdek, yoşlarga ta’siri deyarli örganilmagan sun’iy intellektli çat-botlarning rivojlanişidan ham xavotirda.

Ekspertlar maktablarda smartfonlarni taqiqlaş yoki videoöyinlarga qat’iy çeklovlar qöyiş köpinça kutilgan natijani bermasligini ta’kidlagan. Buning örniga hukumatlarga texnologik kompaniyalar zimmasiga xavfsiz dizaynni joriy etiş, bolalar uçun diqqatni uşlab turuvçi funksiyalarni çeklaş hamda foydalanuvçilarni uyqu va ruhiyat uçun xavflar haqida ogohlantiriş majburiyatini yuklaş tavsiya etilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning 29 ta ştati Meta Platforms kompaniyasini Facebook va Instagram platformalari bolalar hamda ösmirlarda qaramlik keltirib çiqaradigan va ularning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir körsatadigan tarzda işlab çiqilganida ayblab, sudga da’vo arizasi kiritgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing