Kök rangli mevalar hujayralarning qarişini sekinlaştirişi mumkin – tadqiqot
Salomatlik
−
11:29 756 2 daqiqa
Rossiyalik olimlar kök meva, golubika, klyukva va brusnika tarkibidagi moddalar hujayralarning qarişi hamda ayrim töqimalarda çandiq hosil bölişi jarayonini sekinlaştirişi mumkinligini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot “Biomedicines“ ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Qayd etilişiça, tadqiqot Surgut davlat universiteti va Qozoğiston Respublikasi Milliy biotexnologiya markazi olimlari hamkorligida ötkazilgan.
Tadqiqotçilar şimoliy hududlarda ösadigan rezavorlar tarkibidagi polifenollarni örgangan. Bular ösimliklarni quyoşning ultrabinafşa nurlari, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qiladigan tabiiy moddalardir. Ular mevalarning rangi va ta’miga ham ta’sir qiladi.
Surgut davlat universiteti tibbiyot instituti direktori Lyudmila Kovalenkoning aytişiça, polifenollar antioksidant va yalliğlanişga qarşi xususiyatlarga ega. Ular hujayralarni muddatidan oldin qarişdan himoya qilişga yordam berişi mumkin. Tadqiqotda bu ta’sir, ayniqsa, kök meva va golubikada yaqqol namoyon bölgan. Tajribalar uçun Surgut atrofida terilgan rezavorlardan foydalanilgan.
Olimlar uşbu moddalarning yana bir muhim xususiyatini aniqlagan. Ular fibroz deb ataladigan jarayonning rivojlanişini sekinlaştirişi mumkin.
Fibroz – soğlom töqimalarning çandiqsimon töqima bilan almaşinişidir. Bu jarayon köpinça öpka, jigar, buyrak va yurakda kuzatiladi. Surunkali yalliğlaniş, kislorod yetişmasligi yoki turli şikastlanişlar fibrozga sabab bölişi mumkin.
Kovalenkoning ta’kidlaşiça, tadqiqot natijalari, ayniqsa, öpka fibrozini örganişda muhim. Bu kasallik öpkada çandiqsimon töqima hosil bölişiga olib keladi va nafas olişni qiyinlaştirişi mumkin. Öpka fibrozi pnevmoniya, autoimmun va kasbiy kasalliklardan keyin ham rivojlanişi mumkin. Ayrim hollarda esa uning sababi noma’lum bölib qoladi.
Olimlarning fikriça, şimoliy rezavorlar tarkibidagi polifenollar fibrozning boşlaniş ehtimolini kamaytiriş va uning rivojlanişini sekinlaştiriş uçun qöllanişi mumkin. Kelajakda uşbu moddalar asosida foydali oziq-ovqat mahsulotlari, keyinçalik esa fibrozni davolaşga möljallangan dori vositalarini işlab çiqiş rejalaştirilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sedars-Sinay tibbiyot markazi olimlari muntazam ravişda qahva içiş jigar sirrozi, jigar saratoni hamda uşbu a’zo kasalliklari asoratlari tufayli ölim xavfining kamayişi bilan boğliqligini aniqlagan edi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr