Namangandagi ommaviy janjalda ikki kishi 8 nafar shaxs tomonidan pichoqlandi
3-sahifa
−
13 iyun 2023
12455Namanganda joriy yilning 20 may kuni 8 nafar shaxs ikki kishini guruh bo‘lib do‘pposlab, pichoqladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea tungi soat 23:40 lar atrofida Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi kafelardan biri oldida sodir bo‘lgan. Janjal oqibatida ikki kishi pichoqlanib, jarohat olgan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali tibbiy ma’lumotnomasida aytilishicha, jabrlanuvchilar tanasining turli sohalarida o‘tkir jismning sanchilishi va kesilishi jarohatlari mavjud bo‘lib, ular hayot uchun o‘ta xavfli deya baholangan.
Hozirda holat yuzasidan Namangan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.
Gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda uch yigitning ofitsiant qizga shilqimlik qilishi pichoqbozlik bilan tugagandi. Shuningdek, Andijonda o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy pichoqbozlik yuz bergandi.
LiveBarchasi