Namanganda ota qizini bo‘g‘ib o‘ldirdi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida ota qizi unashtirilgan yigitga turmushga chiqishni xohlamagani uchun uni bo‘g‘ib o‘ldirdi. Otaga ushbu qilmishi uchun 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. QALAMPIR.UZ sud hukmi bilan tanishdi.

Voqea joriy yilning 12 iyun kuni tumanning Isvaxon mahallasida sodir bo‘lgan. 50 yoshdagi erkak shu kuni soat 7:00 larda o‘zining yashash xonadonida 2002 yilda tug‘ilgan qizi D.U.ni dastlab ro‘mol, so‘ngra qo‘li bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

So‘ngra erkak turmush o‘rtog‘i ishdan kelib qolsa qizini o‘lib yotganini ko‘rib qo‘rqib ketmasligini o‘ylab, D.U.ning murdasini uyining yerto‘lasiga olib tushgan. 

Sud majlisida ota qo‘shnisini chaqirib, unga bo‘lgan holatni aytganida, qo‘shnisi unga to‘g‘ri IIBga borishini tushuntirgani, shundan keyin qo‘shnining avtomashinasida tuman IIBga va u yerdan tuman prokuraturasiga borib, aybini bo‘yniga olib kelgani, haqiqatda qizini juda yaxshi ko‘rgani, doim ko‘ngliga qarab kelgani, qizini shu kungacha 3 marta unashtirishgani, lekin uni o‘ldirib qo‘yganidan qattiq pushaymonligi va afsusdaligi, o‘zini kechira olmasligini bildirib, sud hay’atidan o‘ziga nisbatan qonuniy yengillik so‘ragan.

Sud hukmi bilan M.E. Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda ayolni bolta bilan shafqatsizlarcha urib o‘ldirgan erkak 23 yilga qamalgandi. Ma’lum qilinishicha, erkak ayolni avval bolta bilan urgan, so‘ng kiyim bilan ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing