Namanganda yölovçi 108 mln sömlik oltinni mayiz va yonğoq orasiga yaşirdi
3-sahifa
−
14:40 652 1 daqiqa
Namangan aeroporti orqali Hindistonga uçib ketmoqçi bölgan yölovçining yuklari orasidan qiymati 108,5 million sömlik zargarlik buyumlari topildi. Ular mayiz va yonğoq aralaşmasi solingan paket içiga yaşirilgan. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, “Namangan aeroporti” çegara bojxona posti xodimlari DXX Aviatsiya xavfsizligini ta’minlaş xodimlari va Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari bilan hamkorlikda “Namangan–Dehli” yönalişidagi reys orqali Hindistonga uçmoqçi bölgan fuqaroning yuklarini tekşirgan.
Bojxona nazorati jarayonida yölovçining yukidagi mayiz va yonğoq aralaşmasi solingan paket xodimlar e’tiborini tortgan. Sinçkovlik bilan tekşirilganda, paket içiga 4 dona qölbola usulda tayyorlangan oltin quymaçasi hamda zargarlik buyumlari yaşirilgani aniqlangan.
Uşbu buyumlarning umumiy oğirligi 90,45 grammni, qiymati esa 108 million 540 ming sömni taşkil etgan.
Bildirilişiça, hozirda holat yuzasidan tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzaxda 471 gramm yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar şaxs töxtatilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi