Muzokara va keskin zarbalar: AQSH yana ortdan pichoq urdi(mi?)

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron rasmiylari bilan go‘yoki suhbat o‘tkazganini va ular undan bombardimonlarni to‘xtatishni so‘raganini ma’lum qildi. Bu haqda Prezidentga tayanib, “Fox News” xabar berdi.

Trampning aytishicha, u Eronning “noma’lum” rasmiylari bilan muloqot qilgan va ushbu muzokaralar natijasida AQSH yaqin vaqt ichida Eronga qarshi zarbalarni to‘xtatishi mumkin.

Biroq Eron davlat televideniyesi bu ma’lumotni qat’iy rad etgan. Hukumatga yaqin manbaga tayanib, Tehron tomoni Trampning bayonotini “yolg‘on” deb atagan va “Eron rasmiylari AQSH bilan bunday aloqa qilmagan”ligini bildirgan.

Avvalroq, Tramp AQSH Eron bilan yadroviy va mintaqaviy kelishmovchiliklar bo‘yicha muzokaralarda yetarli siljish bo‘lmagani uchun hujumlarni davom ettirishini aytgan edi. Shundan keyin AQSH Markaziy qo‘mondonligi Eronda yangi zarbalar berilganini tasdiqlagan.

Tramp oldin ham avval muzokaralar haqida gapirib, keyin Eronni zarbalar yomg‘iri ostida qoldirgan edi.

Yaqinda Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan so‘nggi 24 soat ichida bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida uni Eronga qarshi harbiy harakatlarni kengaytirmaslikka chaqirgani haqida gapirgandi. Trampning aytishicha, agar Isroil hujumlari keng ko‘lamli urushga aylanib ketsa, Tel-Aviv Eronga qarshi kurashda yolg‘iz qoladi, ammo Tramp yana o‘z so‘zida turmadi.

Vaziyat keskinlashib borayotgan bir paytda Eron va AQSH o‘rtasidagi axborot urushi ham kuchaymoqda – ikki tomon bir-birining bayonotlarini keskin rad etib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Qurolli kuchlari kecha, 10 iyun kuni kechqurun Erondagi nishonlarga qarshi hujumlarni qayta boshlagan edi. O‘z navbatida, Eron ham Hormuz bo‘g‘ozini yana qaytadan yopib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing