Musiqani taqiqlagan “Tolibon” mashhur afg‘on qo‘shiqchisini qatl qildi
Olam
−
29 avgust 2021
41877“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘oniston shimoli-sharqida joylashgan Bog‘lon viloyatida mahalliy folklor musiqalar ijrochisi Favad Andarabini o‘ldirdi. Bu haqda “Times Now” nashri va Afg‘onistonning sobiq Ichki ishlar vaziri Mas’ud Andarabi ma’lum qildi.
“Toliblarning shafqatsizligi Andarabda davom etyapti. Bugun ular bu vodiy va uning aholisiga quvonch ulashgan folklor musiqalar ijrochisi Favad Andarabini vahshiylarcha o‘ldirdi”, degan sobiq vazir Twitter sahifasida.
“Times Now”ning qo‘shiqchining o‘g‘liga tayanib, xabar berishicha, uning otasini toliblar Afg‘onistonda musiqani taqiqlaganidan bir necha kun o‘tib, otib o‘ldirishgan.
Avvalroq, “Tolibon” rasmiy vakili Zabihulla Mujohid mamlakatda musiqa taqiqlanishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi