Musiqani taqiqlamoqchi bo‘lgan “Tolibon” aholiga yana bir shart qo‘ydi 

Olam

image

Qobul aholisi hukumat kuchlaridan qolgan mashinalar, qurol va o‘q-dorilarni bir hafta ichida “Tolibon” harakati vakillariga topshirishlari kerak. Bu haqda “Ariana News” telekanali harakat vakili Zabihulla Mujohidga tayanib xabar bergan. 

Toliblarga ko‘ra, belgilangan muddatdan keyin hukumat mashinalari va qurollari topilsa, uy egasiga nisbatan choralar ko‘riladi. 

Avvalroq, “Tolibon” harakati Afg‘onistonda jamoat joylarida musiqa ijro etilishini taqiqlamoqchi ekani haqida xabar bergandik. 

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

586

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing