Muxolifat partiya rahbari hibsga olindi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarusning Mogilyov viloyatida "Belarus xalq fronti" muxolifat partiyasi rahbari Grigoriy Kostusev hibsga olindi. Bu haqda 2016 yilgi parlament saylovlarida siyosatchining ishonchli vakili bo‘lgan Dmitriy Antonchik o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qilgan.  

Unga ko‘ra, hibsga olish kecha, 12 aprel kuni kechqurun Shklov shahrida amalga oshirilgan. 

Ta’kidlanishicha, hozirda Kostusev Minskdagi Davlat xavfsizlik qo‘mitasining (KGB) tergov izolyatorida saqlanmoqda. 

Hibsga olish sabablari ochiqlanmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Belarus maxsus xizmatlari prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskayani terroristik faoliyatga aloqador shaxslar va tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgandi. Unda Tixanovskayadan tashqari, Belarusning sobiq Madaniyat vaziri Pavel Latushko ham bor. 

Shundan so‘ng, Tixanovskaya o‘zining Belarus bankidagi hisob raqami muzlatib qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil 9 avgustda Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida 80,1 foiz ovoz to‘plagan Aleksandr Lukashenko oltinchi marta g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng, Lukashenkoning g‘alabasidan norozi bo‘lgan aholining mamlakat poytaxti Minsk va boshqa mintaqalar bo‘ylab tartibsizlik va namoyishlari boshlanib ketdi.  

Tarqoqlik paytida xavfsizlik kuchlari maxsus vositalar va jihozlardan foydalandi. Rasmiylar uch nafar namoyishchining o‘limini tasdiqlagan. 

Namoyishlar asta-sekin o‘z xususiyatini mahalliy va kichik songa o‘zgartirdi. Joriy yilning 11 fevral kuniga kelib esa Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi mamlakatdagi vaziyat barqarorlashgani va avjiga chiqqan norozilik namoyishlari deyarli tugagani to‘g‘risida xabar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' muxolifat

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing