Muxlislar JCH paytida bir necha tekshiruvlardan o‘tadi

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionati uchun AQSHga tashrif buyuradigan muxlislar bir necha bosqichli xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Oq uyning Jahon chempionati bo‘yicha maxsus ishchi guruhi rahbari Endryu Juliani ma’lum qildi. 

“Bir necha bosqichli tekshiruvlar bo‘ladi. Agar o‘tgan yili San-Fransiskoda o‘tgan Superboul finalida qatnashgan bo‘lsangiz, jarayon shunga o‘xshash bo‘ladi”, deydi Juliani Atlantika kengashi tadbirida.

Uning aytishicha, futbol muxlislari odatda o‘yin boshlanishidan 15-20 daqiqa oldin borishga o‘rgangan. Biroq tashkilotchilar bu safar stadionga ancha ertaroq yetib borishni maslahat bermoqda.

“FIFA stadion ichida maxsus tadbirlar tashkil etadi. Erta keling. Siz bu chiptalar uchun katta mablag‘ to‘lagansiz, shuning uchun ertaroq kelib, barcha tadbirlardan bahramand bo‘ling. Biz siz uchun ajoyib tajriba yaratishni istaymiz”, deydi u.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnir uch mamlakat mezbonligida tashkil etiladi va uchrashuvlar AQSHning 11 ta shahrida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA muxlislarga 2026 yilgi Jahon chempionati o‘yinlari vaqtida o‘z ismlarini stadion ekranlarida namoyish qilish imkoniyatini taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jahon chempionati Endryu Juliani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing