Muhammadali O‘rinboyev U-20 Osiyo kubogining “Eng yaxshi to‘purari” sovrinini qabul qilib oldi
Sport
−
03 mart
2511O‘zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Muhammadali O‘rinboyevga Xitoyda o‘tgan Osiyo kubogining “eng yaxshi to‘purari” sovrini topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bugun O‘FA rahbariyati mazkur mukofotni futbolchiga topshirib, kelgusida jamoa oldida yanada muhim turnirlar, xususan, keyingi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi turganini aytib o‘tdi. Xatolar ustida ishlash va U-20 Osiyo kubogi musobaqasida orttirilgan tajriba kelajakda katta natijalarga erishish uchun muhim asos bo‘lishi ta’kidlandi.
Shuningdek, Muhammadali O‘rinboyev ushbu sovrin unga yanada ko‘proq mehnat qilish va jamoaga yordam berish uchun qo‘shimcha motivatsiya berishini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Xitoydagi Osiyo kubogi chorak finalida Janubiy Koreyaga penaltilar seriyasi natijasiga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi va joriy yilning sentyabr oyida Chilida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qoldi.
LiveBarchasi