MSKga sakkiz nafar yangi a’zo saylandi

Jamiyat

image

Bugun, 5 fevral kuni Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Senat a’zolari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Orifjon Shadiyevich Bazarov, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati ijtimoiy va maishiy masalalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Shuhrat Nizamovich Jo‘rayev, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Muyassar Jumayevna Kadirova, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari Baxrom To‘lqinovich Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari Zayniddin Maxamatovich Nizamxo‘jayev, Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Qodirqulovich Usmonqulov, “O‘zelektroapparat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Aleksandr Kasimovich Farmanov, Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Ergash Amanbayevich Юсуповни O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shuningdek, ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari M.E. Abdusalomov, O.Bobojonov,  M.A.Djurayeva, J.X.Norov, E.Rajabov, J.Sadikov va E.G.Xоджакуловнинг vakolatlari tugatildi. 

Avvalroq, MSKning sobiq raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud sudyasi etib saylangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy saylov komissiyasi

Baholaganlar

167

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing