Putin MSKning saylovlar bo‘yicha qaroridan keyin rossiyaliklarga murojaat bilan chiqdi
Olam
−
21 mart
18700Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Markaziy saylov komissiyasining saylov natijalari bo‘yicha qaroridan so‘ng rossiyaliklarga murojaat bilan chiqdi.
Putin kimga ovoz berganidan qat’i nazar, saylovning barcha ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi.
“Har bir nomzodning muayyan muammolarni hal qilishda o‘ziga xos yondashuvi bor edi. Biz barcha konstruktiv takliflardan, saylovchilarda aks-sado bergan barcha g‘oyalardan mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi umumiy ishimizda albatta foydalanamiz”, deydi Putin.
Prezident saylovlar va kampaniyani qisqa va o‘ta mas’uliyatli deb atadi.
Bugun, 21 mart kuni ertalab Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilgan edi. Saylovda jami 87,5 million saylovchi ovoz berdi. Saylovchilarning 77,49 foizi ishtirok etdi.
LiveBarchasi