O‘zbekiston saylovga tayyormi?

Jamiyat

Joriy yilning 27 oktyabr kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Tayyorgarlik allaqachon boshlangan. Saylovga nafaqat partiyalar yoki Markaziy saylov komissiyasi, balki odamlar ham tayyor bo‘lishi kerak. 

Xo‘sh, o‘zbekistonliklar mamlakatda nechta partiya borligini biladimi? O‘zlari saylaydigan deputatlarni taniydimi va ularning faoliyatidan qoniqadimi? QALAMPIR.UZ shunday savollar bilan aholiga yuzlandi.

So‘rovnoma ishtirokchilarining ayrimlari partiyalarning sonini bildi, ammo nomma-nom sanashda biroz qiynaldi. Ba’zilar esa partiyalarning nomini bildi va ularning faoliyati bilan tanish ekanligini bildirdi.

Ammo partiyalarni bilmaydigan odamlar ham uchradi. Ba’zi qatnashchilar esa deputatlarning ishidan qoniqmasligini, xalqda hali ham hal qilinmagan muammolar ko‘pligini urg‘uladi. 

“Saylovga ovoz berish uchun borasizmi?”, degan savolga esa respondentlarning ba’zilari “ha” deb, ba’zilari esa “yo‘q” deb javob berdi. Bunga saylovlar hech nimani o‘zgartirmayotgani va shu sabab ishonchi yo‘qligini sabab qilib ko‘rsatdi. 

Xo‘sh, siz O‘zbekistonda nechta partiya borligini bilasizmi? 


Maqola muallifi

Teglar

saylov Oliy Majlis Markaziy saylov komissiyasi partiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing