MSK Nadejdin uchun to‘plangan imzolarning 15 foizini rad etdi

Olam

image

Markaziy saylov komissiyasi Boris Nadejdinni prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatish uchun taqdim etilgan imzolarning 15 foizini rad etdi. Bu haqda Boris Nadejdinning o‘zi Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun tasdiqlangan imzolarda kamchiliklar 5 foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

“Komissiya majlisi tugadi, hujjatlar olib ketildi. 15,348 foiz nuqsonli, oldinda ikki uyqusiz tun”, deb yozdi Nadejdin vakili Igor Artemev Telegram'dagi kanalida.

Boris Nadejdin imzolarni "o‘chirib tashlamoqchi" ekanini aytgan.

“Biz haqiqiy emas deb topilgan 9209 ta imzodan atigi 4500 tasini olib tashlashimiz kerak”, deydi u.

Agar Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olishdan bosh tortsa, Nadejdin bu qaror ustidan Oliy sudga shikoyat qiladi.

“7×7” nashri Nadejdin shtabidagi manbaga tayanib, Markaziy saylov komissiyasi 2500 dan ortiq imzoni saylovchilarning o‘zlari kiritmagani sababli imzolarni haqiqiy emas deb topganini xabar qildi.

Nadejdinning Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olinishi haqidagi rasmiy qarorni Markaziy saylov komissiyasi 7 fevral kuni e’lon qiladi.

Ma’lumot uchun, Rossiyada prezidentlik saylovi 2024 yil 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish uch kun – 15, 16 va 17 mart kunlari davom etadi. Ayni paytda davlat rahbari lavozimiga 11 kishi da’vogarlik qilmoqda. 

Markaziy saylov komissiyasi avvalroq prezidentlikka uchta nomzod – Leonid Slutskiy, Nikolay Xaritonov va Vladislav Davankovni ro‘yxatga olgan edi. Ular parlamentdagi partiyalarning vakillari bo‘lgani uchun saylovda nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishiga imzo to‘plash hojati yo‘q. 

Joriy yilning 29 yanvar kuni Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Vladimir Putinni jam prezidentlikka nomzod sifatida kiritdi. 

Parlamentga kirmagan siyosiy partiyalardan nomzodlar – Sergey Malinkovich, Boris Nadejdin, Andrey Bogdanov, Sergey Baburin, Irina Sviridova 31 yanvarga qadar kamida 100 ming imzo to‘plashi kerak edi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy saylov komissiyasi Nadejdin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing