Moskvada Tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan “Memorial” ofisi musodara qilindi

Olam

image

Moskvaning Tver tuman sudi “Xalqaro Memorial”ning Moskvadagi Karetniy Ryaddagi ofisini “Memorial” ilmiy tadqiqot va ta’lim markaziga (ITTM) sovg‘a qilish haqidagi kelishuvni bekor qildi.

Sud Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasining da’vosiga ko‘ra, Moskva shahri, Karetniy Ryad ko‘chasi, 5/10, 2-uyda joylashgan noturar joy binosini davlat daromadiga aylantirdi, deb yozadi “Interfaks”.

“Bu biz yaqinda Karetniy Ryaddagi uyimizni yo‘qotamiz, degani”, deya izoh berdi “Memorial” sud qaroriga.

Avvalroq “Memorial” prokuratura talabini siyosiy sabablarga ko‘ra binoni bosqinchilik yo‘li bilan egallab olishga urinish sifatida baholashini aytgan edi.

7 oktyabr kuni Nobel qo‘mitasi 2022 yil uchun Tinchlik mukofoti sovrindorlarini e’lon qildi. Mukofot "Memorial" Rossiya inson huquqlari jamiyati, Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi jamoat tashkiloti va "Vesna" Belarus inson huquqlari markazi asoschisi Ales Belyatskiyga nasib qildi.

2021 yil dekabrida Rossiya Oliy sudi “Xalqaro Memorial”ni, Moskva shahar sudi esa inson huquqlari “Memorial”ini tugatish to‘g‘risida qaror chiqargandi. Ikkala tashkilot ham sud qarorlariga e’tiroz bildira olmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Nobel' Memorial

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing