“Moskva Siti”dagi binoga dron hujum qildi
Olam
−
23 avgust 2023
7913Bugun, 23 avgust kuni Moskvaga qilingan navbatdagi havo hujumida uchta dron ishtirok etdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Aytilishicha, uchuvchisiz samolyotlardan biri Mojaysk tumanida urib tushirilgan bo‘lsa, ikkinchisi Moskva shahrida qurilayotgan binoga kelib urilgan. Uchinchi dron esa Ximki viloyatida yo‘q qilingan.
Buni Moskva shahri meri Sergey Sobyanin ham tasdiqladi.
“Bugun tunda havo hujumidan mudofaa moslamalari Moskva viloyatining Mojaysk tumanida dronni urib tushirdi. Ikkinchi dron “Moskva Siti”da qurilayotgan binoga kelib urilgan. Voqea joyiga favqulodda xizmatlar jo‘natilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q”, deb yozgan Sergey Sobyanin.
Favqulodda vaziyatlar xizmatining ma’lum qilishicha, Neva minorasi kichik zarar ko‘rgan. Sobyanin esa yaqin atrofdagi ikkita besh qavatli uyning derazalari singanini aytgan. Ximkida esa Starbeyevo kvartalida uchuvchisiz samolyotning bo‘laklari tushishi oqibatida bitta binoga zarar yetgan.
Sodir etilgan hujum fonida Rossiya poytaxti aeroportlarida parvozlar to‘xtatilgan va ba’zi reyslar kechiktirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1, 6, 9, 10, 11, 18, 20, 21 va 22 avgust kunlari ham uchuvchisiz qurilmalar yordamida Moskvaga hujumlar uyushtirilgandi. 18 avgustdagi hujumda dron parchalari “Moskva Siti”dagi “Ekspomarkaz” zonasiga tushgandi.
LiveBarchasi