Moskva Darya Duginaning o‘limida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Zelenskiyni aybladi

Olam

image
“Ashaddiy Kremlparast”. Portlab ketgan Dugina kim edi? north_east

“Ashaddiy Kremlparast”. Portlab ketgan Dugina kim edi?

Rossiyalik jurnalist Darya Duginaning o‘ldirilishi Kiyev rejimi terrori Ukraina chegaralaridan tashqariga chiqishga urinayotganini ko‘rsatadi. Bu fikrni bugun, 24 avgust kuni Rossiya OAVlariga Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bildirdi. 

“Darya Duginaning o‘limidan ko‘rinib turibdiki, Kiyevdagi bandit rejim Ukraina va Donbassning millionlab aholisiga qarshi ko‘p yillik terrordan so‘ng, endi Ukraina chegaralaridan tashqariga chiqishga harakat qilmoqda”, deydi u. 

Patrushev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga uzoq vaqtdan beri ishonch yo‘qolganini, u saylanganining birinchi kunlaridanoq G‘arb yolg‘on imperiyasi yozgan ssenariy bo‘yicha o‘ynab kelayotganini ta’kidlagan.  

“Ukrainaning boshqa rasmiylari va ularning g‘arblik homiylarining bu qabih qotillikka sho‘xlik bilan munosabati, sodir etilgan jinoyatdan o‘z mamnunligini yashirmaydigan Kiyev rasmiylarining asl mohiyatini yana bir bor tasdiqladi”, deydi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi.

Patrushevning ogohlantirishicha, Yevropa siyosatchilarining Kiyevning o‘sib borayotgan ishtahasiga nisbatan keyingi befarqligi, qo‘poruvchilik faoliyati, yadroviy ob’ektlarga tahdid va kimyoviy va bakteriologik qurollardan foydalanishga urinish, pirovardida Ukrainaning o‘z-o‘zini yo‘q qilishiga va G‘arb davlatlarining o‘zlari uchun tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Kecha, 23 avgust kuni Ukraina Respublikasi Prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalist Darya Duginaning o‘limiga munosabat bildirib, shunday degan edi. 

"Bu, albatta, bizning mas’uliyatimiz emas. U bizning mamlakatimiz fuqarosi emas, u bizni qiziqtirmaydi. Va bu Ukraina hududida bo‘lmagan", deydi Zelenskiy Qrim platformasi forumi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 avgust kuni rus faylsufi va siyosatchisi Aleksandr Duginning qizi Darya Dugina Toyota Land Cruiser avtomobiliga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi uchkuna portlashi oqibatida vafot etdi. 

O‘sha kuni Dugina otasi bilan birga Prezidentning Madaniy tashabbuslar jamg‘armasi, Moskva viloyati Madaniyat va turizm vazirligi hamda Odinsovo ma’muriyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “An’ana” vatanparvarlik festivalida qatnashgan. Tadbir tugagandan so‘ng, Dugin va qizi birga ketishi kerak bo‘lgan, biroq ma’lum bir sabablarga ko‘ra, ular boshqa-boshqa mashinalarda yo‘lga chiqqan.

Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilin o‘zining Telegram'dagi sahifasida Darya Duginaning o‘limida Ukrainani ayblab chiqdi. 

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, Darya Duginaning o‘ldirilishini Ukraina maxsus xizmatlari tayyorlagan, ijrochi jinoyatdan keyin Estoniyaga qochib ketgan Ukraina fuqarosi Natalya Vovk. 

Qotillik sodir bo‘lgan kuni Vovk va Shaban "An’anaviy" adabiy va musiqa festivalida bo‘lishdi, u yerda Dugina faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. 21 avgust kuni Dugina boshqaruvidagi Toyota Land Cruiser Prado avtomobilining boshqariladigan portlashidan so‘ng, Vovk va uning qizi Pskov viloyati orqali Estoniyaga jo‘nab ketgan.

Maxfiy xizmatning aniqlik kiritishicha, Duginaning o‘ldirilishini uyushtirish va uning turmush tarzi haqida ma’lumot olish maqsadida Vovk va uning qizi Moskvada marhum yashagan uyda kvartira ijaraga olgan. Jinoyatchilar jurnalistni kuzatish uchun Mini Cooper avtomobilidan foydalangan. Shu bilan birga, Rossiyaga kirishda Donetsk Xalq Respublikasi raqamlari ishlatilgan - E982XN DPR, Moskvada – Qozog‘iston raqamlari 172AJD02 va chiqishda – Ukraina AH7771IP.  

Prezident Vladimir Putin Darya Duginaning oilasiga hamdardlik maktubini yo‘lladi va marhuma jurnalistni "Jasorat" ordeni bilan taqdirladi.


Maqola muallifi

Teglar

Dar'ya Dugina

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing