AQSH Darya Dugina qotilligi ortida Ukraina turganiga ishonadi – NYT

Olam

image

Amerika razvedka idoralari faylasuf Aleksandr Duginning qizi Daryaning o‘ldirilishiga Ukraina hukumatining ayrim a’zolari tomonidan ruxsat berilgan, deb hisoblaydi. Bu haqda “The New York Times” AQSH ma’muriyatidagi manbalarga tayanib, yozmoqda.

Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Vashington Darya Duginaning o‘ldirilishini tayyorlashda hech qanday ishtirok etmagan, jumladan, Kiyevga razvedka ma’lumotlarini taqdim etmagan. Qolaversa, AQSH rasmiylari bu operatsiya haqida hatto oldindan bilmagan, agar bilsa, bunga qarshi chiqardi, deya qo‘shimcha qilgan manbalar.

Jo Bayden ma’muriyati bunday hujumlar, garchi katta ramziy ahamiyatga ega bo‘lsa-da, jangovar harakatlarga bevosita ta’sir qilmasligi va Rossiya harbiylarini Ukrainaning yuqori martabali amaldorlariga qarshi javob qaytarishga undashi mumkinligidan xavotirda, deb yozadi NYT.

Gazeta manbalarining ta’kidlashicha, Duginaning o‘ldirilishidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar Ukraina hukumatiga bu norozilik kayfiyatini bildirgan.

Kiyevda ular Dugina qotilligiga aloqadorligini bir necha bor rad etishgan. Bu haqda Vladimir Zelenskiy ham aytib o‘tdi.

Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida shunday dedi: “U yoki bu davlatda urush paytida sodir etilgan har qanday qotillik qandaydir amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Bu taktik yoki strategik aniq maqsadni bajarishi kerak. Duginlar kabilar Ukraina uchun taktik yoki strategik nishon emas. Bizning Ukraina hududida boshqa nishonlarimiz bor, men Rossiya qo‘mondonligining hamkorlari va vakillarini nazarda tutyapman, ular bizning razvedkachilarimiz uchun bu yo‘nalishda foydali bo‘lishi mumkin, ammo bu, albatta, Dugina emas”.

Duginaning o‘ldirilishi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 avgust kuni rus faylsufi va siyosatchisi Aleksandr Duginning qizi Darya Dugina Toyota Land Cruiser avtomobiliga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi uchkuna portlashi oqibatida vafot etdi. 

O‘sha kuni Dugina otasi bilan birga Prezidentning Madaniy tashabbuslar jamg‘armasi, Moskva viloyati Madaniyat va turizm vazirligi hamda Odinsovo ma’muriyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “An’ana” vatanparvarlik festivalida qatnashgan. Tadbir tugagandan so‘ng, Dugin va qizi birga ketishi kerak bo‘lgan, biroq ma’lum bir sabablarga ko‘ra, ular boshqa-boshqa mashinalarda yo‘lga chiqqan.

Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilin o‘zining Telegram'dagi sahifasida Darya Duginaning o‘limida Ukrainani ayblab chiqdi. 

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, Darya Duginaning o‘ldirilishini Ukraina maxsus xizmatlari tayyorlagan, ijrochi jinoyatdan keyin Estoniyaga qochib ketgan Ukraina fuqarosi Natalya Vovk. 

Qotillik sodir bo‘lgan kuni Vovk va Shaban "An’anaviy" adabiy va musiqa festivalida bo‘lishdi, u yerda Dugina faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. 21 avgust kuni Dugina boshqaruvidagi Toyota Land Cruiser Prado avtomobilining boshqariladigan portlashidan so‘ng, Vovk va uning qizi Pskov viloyati orqali Estoniyaga jo‘nab ketgan.

Maxfiy xizmatning aniqlik kiritishicha, Duginaning o‘ldirilishini uyushtirish va uning turmush tarzi haqida ma’lumot olish maqsadida Vovk va uning qizi Moskvada marhum yashagan uyda kvartira ijaraga olgan. Jinoyatchilar jurnalistni kuzatish uchun Mini Cooper avtomobilidan foydalangan. Shu bilan birga, Rossiyaga kirishda Donetsk Xalq Respublikasi raqamlari ishlatilgan - E982XN DPR, Moskvada – Qozog‘iston raqamlari 172AJD02 va chiqishda – Ukraina AH7771IP.  

Prezident Vladimir Putin Darya Duginaning oilasiga hamdardlik maktubini yo‘lladi va marhuma jurnalistni "Jasorat" ordeni bilan taqdirladi.


Maqola muallifi

Teglar

Dar'ya Dugina

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing