Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud raisi etib saylandi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda Prezident saylovi qaysi sanada o‘tishi aniq aytildi north_east

O‘zbekistonda Prezident saylovi qaysi sanada o‘tishi aniq aytildi

Bugun, 5 fevral kuni Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi raisi lavozimiga saylandi.

Bugun Konstitutsiyaviy sudning yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda sud raisi Baxtiyor Mirboboyev lavozimdan ozod etilgan.

Yig‘ilishda ochiq ovoz berish yo‘li bilan Konstitutsiyaviy sud raisi etib Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov saylandi.

Eslatib o‘tamiz, Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov bugun Senat tomonidan Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga tasdiqlangandi. Bungacha u 16 yil davomida Markaziy saylov komissiyasi raisi bo‘lgan.

U 1952 yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - huquqshunos, yuridik fanlar nomzodi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist. 1995-2004 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining raisi, 2004-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi bo‘lib ishlagan.

Senat majlisida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi Baxtiyor Dehqonboyevich Miralimovning vakolati muddatidan ilgari tugatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirzo Ulug'bek Abdusalomov

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing