Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov MSK raisligidan ketadi
Jamiyat
−
03 fevral 2021
13158Markaziy saylov komissiyasining 7 nafar a’zosi vakolatlari tugatilmoqda. Ularning orasida MSK raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov ham bor. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar berdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ushbu masala ham ko‘rib chiqilgan. MSKning quyidagi a’zolari vakolati tugatilyapti:
• Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov, Markaziy saylov komissiyasining Raisi
• Janabay Sodiqov, huquqshunos
• Otagaldi Bobojonov, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Xalq qabulxonasi mudiri
• Muhayyo Jo‘rayeva, “Hunarmand” uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i
• Esanbay Rajabov, Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlapi birlashmasi paisi maslahatchisi
• Erkin Xo‘jaqulov, Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudining raisi
• Jalil Norov (marhum)
Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasiga 8 nafar yangi a’zo qo‘shilyapti. Qonunchilik palatasi 8 nafar yangi a’zolar nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi :
• Ergash Yusupov, Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi
• Zayniddin Nizomxo‘jayev, Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari
• Aleksandr Farmonov, "O‘zelektroapparat" AJ boshqaruv raisi maslahatchisi
• Muyassar Qodirova, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati mas’ul tashkilotchisi
• Baxrom Kuchkarov, Adliya vaziri o‘rinbosari
• Shuhrat Jo‘rayev, pensiyada
• Orifjon Bozorov, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori
• Alisher Usmonqulov, Jizzax politexnika instituti rektori
Ma’lumot uchun, Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov 2005 yil 7 maydan buyon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
LiveBarchasi