O‘zbekistonda Prezident saylovi qaysi sanada o‘tishi aniq aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi joriy yilning 24 oktyabr bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov ma’lum qildi, deb yozmoqda TASS.  

“Qonunchilik palatasi tomonidan tayyorlangan qonun loyihasiga muvofiq respublikada navbatdagi prezidentlik saylovlari 2021 yil dekabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida emas, balki shu yilning 24 oktyabrida bo‘lib o‘tadi”, deydi Saidov.

O‘tgan hafta O‘zbekiston parlamentining quyi palatasi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi va birinchi o‘qishda qabul qildi. Unga ko‘ra, respublikada navbatdagi prezident saylovlari kutilganidek 2021 yil dekabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida emas, ikki oy oldin o‘tkaziladi. 

Qonun Senat tomonidan joriy yilning 5 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda ma’qullanishi kutilmoqda. 

Tushuntirilganidek, saylovdan keyingi siyosiy voqealar kechiktirilmasligi uchun ertaroq o‘tkaziladi. Ushbu qonun loyihasiga binoan respublikada xalq deputatlari tuman (shahar) kengashiga (kengashlariga) saylovlarni o‘tkazadigan okrug saylov komissiyalari instituti tugatiladi, ularning vakolatlari tuman (shahar) saylov komissiyalariga o‘tkaziladi. Hujjatga muvofiq, saylov komissiyalari nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish majburiyatini olmaydi. Shuningdek, saylov komissiyalari qarorlari ustidan shikoyat qilish muddatini 10 kundan besh kungacha qisqartirish taklif qilindi. 

Birinchi Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston rahbari uchun avvalgi saylovlar 2016 yil 4 dekabrda muddatidan oldin o‘tkazilgan edi. Ularda respublikadagi mavjud to‘rtta siyosiy partiyalardan nomzodlar ishtirok etdi. Saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev birinchi bosqichda 88,61 foiz natija bilan g‘alaba qozondi. O‘zbekiston Prezidentining vakolat muddati besh yil.
 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident saylovi

Baholaganlar

366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing